IC3 sertifikati nima?
IC3 Digital Literacy bu — zamonaviy raqamli savodxonlikni baholovchi xalqaro sertifikatlash dasturi bo‘lib, u foydalanuvchining kompyuter va internetdan to‘g‘ri hamda samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini tasdiqlaydi. Ushbu imtihon dunyo bo‘ylab tan olingan bo‘lib, ayniqsa ta’lim, ish bilan bandlik va kasbiy rivojlanish sohalarida keng qo‘llanadi.
IC3 imtihonlarining koʻplab versiyalari bor boʻlib, hozirda bizda IC3 Digital Literacy GS5 versiyasini topshirish imkoniyati mavjud. Imtihonni rus yoki ingliz tilida topshirish mumkin.
Mazkur imtihon Certiport kompaniyasi tomonidan taqdim etiladi hamda uning Oʻzbekistondagi yagona va rasmiy hamkori — Edu-Action test markazi tomonidan tashkil etiladi.
Informatika fani oʻqituvchilari uchun 50% ustama!
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 06.10.2025 sanadagi 3515-1-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasidagi informatika fani o‘qituvchilari IC3 Digital Literacy sertifikatga ega bo‘lsa, ularning oylik ish haqiga 50% miqdorida ustama to‘lanadi. Bu ustama imtiyozli davr — uch yil mobaynida amalda bo‘ladi.
Imtihonga Tayyorlanish va Topshirish tartibi
Imtihon topshirish tartibi
Oʻzbekiston hududida IC3 Digital Literacy imtihoni rasman faqatgina Edu-Action test markazi tomonidan oflayn ravishda tashkil etiladi. Imtihonlar oyiga oʻrtacha 6-8 marta turli viloyatlarda boʻlib oʻtadi. Aniq sana va joylar hamda roʻxyatdan oʻtish boʻyicha tezkor maʼlumot Telegram kanalida eʼlon qilib boriladi.

Koʻp beriladigan savollar
Ingliz va rus tillarida.

